Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi xodimi Janubiy Koreya Respublikasida joylashgan dengiz mahsulotlaridan biologik faol qoʻshimchalar ishlab chiqaradigan “KOR OK-BIO” korxonasida boʻldi.
Biologik faol qoʻshimchalarni xavfsiz va sifatli ishlab chiqarishda sifat menejment tizimi standartlari (ISO 9001, ISO 14001, HACCP va GMP/GLP)ni joriy etish tajribasi oʻrganildi hamda mamlakatimizda ochilishi rejalashtirilgan korxonada xalqaro sifat menejment tizimi standartlari joriy etilishi kabi masalalar kelishib olindi.
Maʼlumot uchun: ushbu korxona tomonidan Namangan viloyatida oʻz filialini ochish uchun 2,4 mln. dollarlik investitsiya kiritilmoqda.