Oʻzbekiston milliy matbuot markazida Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi huzuridagi Oʻzbekiston milliy metrologiya instituti hamda “Oʻzsuvtaʼminot” AJ hamkorligida “Suv hisoblagichlarni davriy qiyoslovdan oʻtkazishdagi muammo va yechimlar” mavzusida matbuot anjumani oʻz ishini boshladi.
Tadbirda “Oʻzsuvtaʼminot” AJ va Oʻzbekiston milliy metrologiya instituti masʼul xodimlari, ommaviy axborot vositalari vakillari va blogerlar ishtirok etmoqda.
Taʼkidlanganidek, soʻnggi paytlarda ichimlik suvi isteʼmolchilariga xizmat koʻrsatish sifatini yanada oshirish, ularga qoʻshimcha qulayliklar yaratish, shu jumladan suv hisoblagichlarini davriy qiyoslashdan oʻtkazish tartibini soddalashtirish, bu borada yuzaga kelayotgan muammo va kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha bir qator amaliy ishlar bajarildi.
Tadbir davomida jurnalistlar mutaxassislardan oʻzlarini qiziqtirgan savollarga javob olmoqdalar.