“UzTest” markazi Samarqand filiali mutaxassis xodimlari tomonidan korxona va tashkilotlarda, ayniqsa xotin-qizlar tadbirkorligini rivojlantirish boʻyicha standart talablari va sertifikatlash qoidalari buzilishiga yul qoʻymaslik va ularning oldini olish maksadida qonunchilik va huquqiy-meʼyoriy hujjatlar, shuningdek, xalqaro va milliy standartlar talablarining mazmun mohiyati va qonunbuzilishlari oqibatlari boʻyicha tushuntirish, profilaktika ishlari, shuningdek, oʻquv seminarlar olib borilmokda.
Markazning sifat menejmenti tizimlarini sertifikatlashtirish idorasi rahbari F.Shokirova Navoiy viloyatida tadbirkor xotin-qizlarga xalqaro standartlar talablari bilan tanishtirgan holda xalqaro ISO 9001 standarti talablariga rioya etish va ushbu standart talablariga binoan sifat menejmenti tizimlarini joriy ejtish va sertifikatlashtirish mavzusida hamkorlikda oʻquv kurslari oʻtkazdi.
Seminar davomida tadbirkorlikni endi boshlayotgan xotin-qizlarni qiziqtirgan savollariga tegishli javoblar berildi va tarqatma materiallar bilan taʼminlandi.