Agentlikda  Qozogʻiston standartlar va metrologiya instituti vakillari bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi. Unda standartlashtirish, metrologiya, muvofiqlikni baholash sohasida koʻp qirrali hamkorlikni kengaytirish masalalari koʻrib chiqildi.

 Shuningdek, uchrashuvda standartlarni ishlab chiqishda va milliy standartlashtirish tizimini rivojlantirishda texnik qoʻmitalarning oʻrni, ctandartlarning davlat yalpi ichki mahsuloti oʻsishi va tashqi savdo aylanmasiga ijobiy taʼsirini baholash, texnik jihatdan tartibga solishda davlat nazorati mexanizmlari, Qozogʻiston va Oʻzbekistonning standartlashtirish, muvofiqlikni baholash va texnik jihatdan tartibga solish  sohasidagi tajribalari  boʻyicha  fikr almashildi.


Xalqaro hamkorlik  boshqarmasi