Maʼlumki, joriy yilning 13-iyun kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida standartlashtirish va sertifikatlashtirish sohalarini rivojlantirishga qaratilgan yigʻilishda oziq-ovqat mahsulotlarining sifati va xavfsizligini taʼminlash maqsadida Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyat markazlaridagi 14 ta laboratoriyani xalqaro akkreditatsiyadan oʻtkazish, 13 ta hududiy agrokimyo laboratoriyasini zamonaviy jihozlash boʻyicha topshiriqlar berildi.
Mazkur topshiriqlar ijrosini taʼminlash maqsadida, Agentlik tizimidagi Oʻzbekiston milliy metrologiya instituti, Buxoro filialida metrologik xizmat koʻrsatish laboratoriyasi va xonalari kapital taʼmirdan chiqarildi.
Laboratoriya mustaqillik bayramiga munosib tuhfa boʻldi. Bayram arafasida tashkil etilgan tadbir oldidan institut laboratoriyalarida davlat tilida ish yuritilishi va davlat tili toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini taʼminlanishi yuzasidan monitoring oʻtkazildi. Laboratoriyadagi barcha asbob uskunalarning tavsiflari lotin alifbosiga asoslangan davlat tilida yozilgan.
Jumladan, «OʻzTest» markazi “Oziq-ovqat laboratoriyasi” Buxoro filialida yangidan modernizatsiya qilinadigan oziq-ovqat, qishloq xoʻjalik mahsulotlari sinov laboratoriyasi dunyoning istalgan mamlakatidagi sinov laboratoriyasi bilan raqobatlasha oladigan darajaga yetkazildi. Laboratoriya Oʻzbekiston Respublikasining oʻttiz bir yilligiga munosib tuhfa boʻldi.
Sohadagi xizmat koʻrsatish sektorlarida tadbirkorlik subyektlari va aholiga metrologik xizmat koʻrsatishning shaffof hamda toʻliq davlat tilida raqamlashtirilgan yangi tizimi joriy qilingan.
Filialda maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish, idoraviy kutubxona faoliyati bilan ham yaqindan tanishildi. Lotin alifbosiga asoslangan davlat tilida ish yuritishga toʻliq oʻtilganligi guvohi boʻlindi.