Oʻzbekiston Respublikasi mustaqillikning oʻttiz bir yilligi munosabati bilan, Oʻzbekiston milliy metrologiya instituti, va «OʻzTest» markazi Chirchiq filiallari hamkorligida “Yangi Oʻzbekistonda el aziz, inson aziz” shiori ostida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi.
Unda Chirchiq shahar hokimligi, din ishlari qoʻmitasi, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati yordamchisi, shahar deputati va yirik ishlab chiqaruvchi korxona vakillari ishtirok etdilar.
Tadbirda soʻz olganlar soʻnggi yillarda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan tub demokratik islohotlar, xalqimizning hayoti, qalbi va ongida yuz berayotgan ijobiy oʻzgarishlar hamda har bir sohada amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari xususida gapirdilar. Shuningdek, Prezidentimizning tadbirkorlar bilan oʻtkazilgan yangi formatdagi ochiq muloqoti va tadbirkorlar uchun yaratilgan imkoniyatlar xususida ham maʼlumot berildi.
Bundan tashqari, Oliy Majlis qonunchilik palatasi deputati yordamchisi barcha yigʻilganlarni bayram bilan samimiy tabrikladi. Va oʻz soʻzida Chirchiq shahrida boʻlayotgan yangiliklar va katta oʻzgarishlar, yoshlarga yaratilgan imkoniyatlar, tinch va erkin hayotni qadrlab, shukronalik tuygʻusi bilan yashash, mustaqilligimizni asrab-avaylash, hamjihatlikda taraqqiyotimiz barchani yanada birdamlikka chaqirdi.