Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi va uning Buxoro viloyatidagi hududiy boʻlinmalari hamkorligida inson qadrini ulugʻlash va eʼzozlashga qaratilgan maʼrifiy tadbir oʻz ishini boshladi. Mazkur uchrashuvda elimiz ardogʻidagi sanʼatkorlar, teatr aktyorlari, olimlar va sportchi yoshlar ishtirok etib, yurtimizda mustaqilligimizning 31 yilligi arafasida istiqlol bergan imkoniyatlar, inson va uning qadrini eʼzozlash, uning huquq va manfaatlari taʼminlanayotganligi hamda farzandlar qalbida Ona vatan tuygʻusini shakllantirish kabi masalalar haqida soʻz yuritildi.
Tadbir soʻngida mehmonlar standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish sohasi bilan yaqindan tanishish maqsadida hududiy filial laboratoriyalarida ham boʻldilar. Maʼrifiy tadbirda Agentlik Bosh direktorining maslahatchilari A.Rasulov va N.Mamadaliyevalar ishtirok etmoqdalar.