Oʻzbekiston milliy matbuot markazida texnik jihatdan tartibga solish agentligi masʼullari ishtirokida soha faoliyati tahlili va amalga oshirilayotgan yangi rejalari mavzusida joriy yilning oʻtgan davridagi hisobot matbuot anjumani tashkil etildi.
Prezidentimiz tomonidan belgilab berilgan muhim va ustuvor vazifalar ijrosiga bagʻishlangan mazkur anjumanda GSP+ doirasida xalqaro standartlar joriy qilinganligi, Eksportbop mahsulotlarni ishlab chiqaruvchi toʻqimachilik, elektrotexnika, charm-poyabzal, kimyo sanoati korxonalarida Oeko Tex, GOTS, BCSI, Sedex, SE markirovka va boshqa standartlarini joriy etilishi, ILAC va IAF va boshqa xalqaro tashkilotlari bilan koʻp tomonlama kelishuvlarini imzolash orqali laboratoriya xulosalari chet davlatlarda tan olinishi hamda Sinov laboratoriyalarni rivojlantirish boʻyicha amalga oshirilgan ishlar kabi sohada amalga oshirilgan ishlar muhokama etilmoqda.