Agentlik tizimidagi Oʻzbekiston milliy metrologiya instituti, Chirchiq filiali hamda “UzTest” markazi hududiy filiali masʼullari Chirchiq shahrida oʻtkazilayotgan “Respublika tarmoqlararo sanoat yarmarkasi” da ishtirok etdilar.
Yarmarka uchun jami 12 724 kv.m yer maydoni ajratilgan boʻlib, unda bugungi kun holatiga jami namoyish etiladigan mahsulotlar soni 2 254tani tashkil etmoqda. Respublika tarmoqlararo sanoat yarmarkasiga barcha hududiy korxonalardan 1 300 dan ortiq ishtirokchilar qatnashmoqda.
Eʼtiborli tomoni shundagi mazkur yarmarka ishida “Olmaliq KMK” AJ, “Navoiy KMK” AJ, “Oʻzmetkombinat” AJ, «Oʻzkimyosanoat» AJ, «Oʻzcharmsanoat» uyushmasi, «Oʻzavtosanoat» AJ kabi koʻplab yirik korxonalar oʻz mahsulotlari bilan ishtirok etishmoqda.
Chirchiq filiali mutaxassislari yarmarkada ishtirok etib, hududdagi barcha ishlab chiqarish korxonalar bilan standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish masalalarida muzokaralar olib borib hamkorlikda ishlash boʻyicha kelishib olindi.