Agentlik tizimidagi Oʻzbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi, Jizzax filiali tomonidan Charm-poyabzal va moʻynachilik sohalarida xomashyo resurslaridan samarali foydalanish, sifat koʻrsatkichlarini oshirish, kichik sanoat zonalarini tashkil qilish, tashqi bozorlardagi targʻibotni kuchaytirish hamda mahsulot sinovlarini takomillashtirish vazifalari ijrosini taʼminlash, mahalliy korxonalarning eksport salohiyatini oshirish maqsadida masʼullar Sharof Rashidov tumanida faoliyat koʻrsatayotgan “Jizzax Jun” korxonasida boʻlib, mahsulot sifatini nazorat qilish va sifat menejment tizimlarini joriy qilish hamda xorijiy davlatlarning talablari boʻyicha tushunchalar berilib, hamkorlikda ishlashga kelishib olindi.