Fargʻona viloyati Margʻilon shahridagi «Margʻilon Umar teks» korxonasida OAV xodimlari ishtirokida press tur boshlandi.
Korxonada tashkil etilgan press tur davomida Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi masʼul xodimlari tomonidan “SEDEX” xalqaro sertifikati topshirildi. Engil sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan mazkur korxona mahsulotlari Polsha, Belorussiya, Rossiya, Qirgʻiziston va Koreya davlatlariga eksport qilinmoqda.