2016 yilda yangi ro‘yxatga olingan korxonalar va tashkilotlar soni 83836 tani tashkil etdi
Hududlar kesimida yangi tashkil etilgan korxonalar va tashkilotlarning 7 744 tasi Toshkent shahri, 11 193 tasi Samarqand, 10 879 tasi Toshkent, 8 120 tasi Qashqadaryo, 7 384 tasi Andijon, 6 668 tasi Farg‘ona, 5 720 tasi Surxondaryo, 5 610 tasi Jizzax, 4 539 tasi Buxoro, 4 342 tasi Namangan, 4 147 tasi Xorazm, 2 370 tasi Sirdaryo, 2 278 tasi Navoiy viloyatlari va 2 842 tasi Qoraqalpog‘iston Respublikasiga to‘g‘ri keladi.
Iqtisodiy faoliyat turlari kesimida yangi tashkil etilgan korxonalar va tashkilotlarning 54 445 tasi qishloq, o‘rmon va baliq xo‘jaligi, 9 661 tasi sanoat va qurilish, 8 549 tasi savdo, 2 840 tasi yashash va ovqatlanish xizmatlari, 1 666 tasi tashish va saqlash hamda 6 675 tasi boshqa faoliyat turlarida tashkil etildi.
2017 yil 1 yanvar holatiga faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar va tashkilotlarning (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) umumiy soni 268,4 mingtani tashkil etib, shundan 218,2 mingtasi kichik tadbirkorlik sub’ektlari hisoblanadi.
Manba: www.gov.uz