Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi huzuridagi Jamoatchilik kengashining yigʻilishi boʻlib oʻtdi.
2022 — 2026-yillarga moʻljallangan “Yangi Oʻzbekiston”ning taraqqiyot strategiyasi va uni “Inson qadrini ulugʻlash va faol mahalla yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturida belgilangan vazifalarni ijrosiga bagʻishlangan mazkur davra suhbatida kengash aʼzolari hamda agentlik va uning tizim tashkilotlari masʼullari ishtirok etdilar.
Unda soʻzga chiqqanlar yurtimizda texnik jihatdan tartibga solish tizimiga berilayotgan eʼtibor, milliy mahsulotlarimizning sifati va raqobatbardoshligini taʼminlash, ishlab chiqaruvchilar hamda tadbirkorlar bilan hamkorlikning yanada kuchaytirishdek dolzarb vazifalarning samaradorligini oshirishda tegishli vazirlik va idoralar bilan hamkorlikda ishlash lozimligi taʼkidlab oʻtildi.
Shuningdek, tahliliy ruhda oʻtgan yigʻilishda joriy yilgi ustuvor vazifalarning ijrosi hamda Jamoatchilik kengashi tomonidan joriy II yarim yillikda amalga oshiriladigan chora-tadbirlar muhokama qilindi.