Agentlik tizimidagi Oʻzbekiston milliy metrologiya instituti, Chirchiq filialida “Mening Konstitutsiyam” mavzusida maʼrifiy tadbir oʻtkazildi.
Unda maʼnaviyat va maʼrifat markazi bosh mutaxassisi D.Ergasheva Respublika Maʼnaviyat va Maʼrifat markazi Chirchiq shahar boʻlinmasi rahbari M.Toʻrayeva ishtirok etib, Konstitutsiyaga kiritiladigan oʻzgartirishlar haqida soʻz yuritildi.
Shuningdek maʼrifiy uchrashuvda “Chirchiq tongi” gazetasi muharriri, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan yoshlar murabbiyi R.Sheraliyev ishtirok etib belgilangan mavzu yuzasidan oʻz mulohazalarini bildirdi va “Vatanparvarlik”, “Onaga boʻlgan muhabbat” mavzularida soʻz yuritdi.
Uchrashuvda milliy gvardiya va “Vatanparvar” tashkilotlari masʼullari qatnashib, Oʻzbekiston milliy metrologiya instituti, Chirchiq filiali kutubxonasiga yangi nashr etilgan “Yoshlarning harbiy-vatanparvarlik tarbiyasi” nomli kitobini taqdim qildilar.
Konstitutsiyaga kiritilayotgan oʻzgartirishlar boʻyicha ishtirokchilar oʻzlarini qiziqtirgan savollariga javob oldilar.