Kunning ikkinchi yarmida MGS ning 61-yubiley yigʻilishi davom ettirilib, unda 2021 yilda barcha aʼzo davlatlar bilan olib borilgan hamkorlik ishlari va 2022-2023 yillardagi strategik rejalar haqida keng maʼlumot berib oʻtildi.
Shuningdek, standartlashtirish, metrologiya, sertifikatlashtirish va muvofiqlikni baholash boʻyicha MGSning soʻnggi 15 yillik faoliyati keng tahlil qilindi.
Nufuzli yigʻilish davomida ishtirokchi davlatlar vakillarining mavzu doirasida olib borayotgan ishlari doirasida erishilgan yutuqlar va duch kelayotgan muammolar haqidagi maʼruzalar tinglandi.
Yubiley yigʻilish davomida MGS faoliyatini shakllantirish va rivojlantirishda qoʻshgan hissasi uchun bir qator sohaning milliy organlari rahbarlari va malakali mutaxassislari faxriy belgi bilan taqdirlandi. Ular orasida OʻzTTSА “Oʻzbekiston milliy metrologiya instituti” rahbar va masʼullari ham faxriy belgi va yorliq bilan taqdirlandi.