OʻzTTSA tizim-tashkilotlari Jizzax viloyati hududiy filiallarida davlat tiliga asoslangan lotin alifbosida ish yuritilishi boʻyicha oʻrganish olib borildi.
Mazkur oʻrganishda Agentlik Bosh direktorining maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini taʼminlash masalalari boʻyicha maslahatchisi N.Mamadaliyeva ishtirok etib, zarur taklif va tavsiyalarini berdi. Unda oʻzbek tilining nufuzini oshirish, barcha xodimlarning ish faoliyatida faqat davlat tili toʻgʻrisidagi qonun va qonunosti hujjatlari talablari asosida ishni tashkil etish taʼkidlandi.
Hududiy filial laboratoriyalari yangi taʼmirdan chiqarilib, barcha asbob uskunalar, kimyoviy modda nomlari davlat tilida yozib qoʻyilgani eʼtirofga sazovor.