OʻzTTSA Bosh direktori maslahatchisi N.Mamadaliyeva Chirchiq shahridagi hududiy filiallarda boʻlib, maʼnaviy-marifiy ishlar samaradorligini oshirish, “Davlat tili toʻgʻrisida”gi Qonun hujjatlariga rioya etilishini oʻrgandi.
Shuningdek, lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosiga bosqichma-bosqich oʻtishni taʼminlash yuzasidan olib borilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi.
Jamoa asosan yoshlardan tarkib topgani bois, lotin alifbosiga ososlangan oʻzbek tilida ish yuritilayotgani taʼkidlandi. Oʻzbekiston milliy metrologiya instituti, Chirchiq filialida xodimlar maʼnaviyatini boyitishda idoraviy kutubxonasiga aʼzo boʻlib, badiiy adabiyotlarni tizimli oʻqish yoʻlga qoʻyilgan.
Shuningdek, filialda “Maʼnaviyat va maʼrifat xonasi” va idoraviy kutubxona fondini muntazam ravishda boyitib borilishi uchun shahridagi markaziy kutubxona bilan hamkorlikda yangi adabiyotlar muntazam ravishda rajaga asosan xodimlar uchun yetkazib berilmoqda.