2-iyul - “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat Gerbi” qabul qilinganligiga 30 yil toʻlganligi munosabati bilan Agentlikning Buxoro viloyatidagi tizim-tashkilotlari xodimlari ishtirokida Buxoro shahar Adliya boʻlimi boshligʻi Umid Sherov va yuridik xizmat koʻrsatish markazi bosh yuriskonsulti Feruza Oʻmurovalar ishtirokida «Davlatimiz gerbi – faxrimiz, gʻururimiz ramzi» mavzusida uchrashuv oʻtkazildi.
Unda Davlat gerbining davlatchiligimizda tutgan oʻrni, uning mohiyati, kuch-qudrati, shuningdek, Gerbdagi har bir chizq, element, Humo qushi tasviri, oltin yulduz, yarim oy shakllarining nega qoʻllanilganligi yuzasidan maʼlumot berildi.
Shuningdek uchrashuvda 24-iyun kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida ham tushunchalar berildi.
Tadbir soʻngida xodimlar oʻzlarini qiziqtirgan savollariga javob oldilar.