Agentlik tizim tashkilotlari Chirchiq filialida 30-iyun – Yoshlar kunini nishonlash maqsadida 1-iyundan boshlanib, “Yoshlar oyligi” deb eʼlon qilingan va bir oy davomida ular ishtirokida turli tadbirlar, sport musobaqalari, tanlovlar oʻtkazildi. Xuddi shunday tadbirlardan biri Chirchiq filialida yosh isteʼdodli ijodkor yoshlarning rasmlar koʻrgazmasiga bagʻishlandi.
Koʻrgazmada Chirchiq shahridagi 15-sonli bolalar musiqa va sanʼat maktabi oʻquvchilari oʻzlarining ijod namunalari bilan ishtirok etdilar. Tadbirda mazkur maktab oʻquvchilari va shahardagi 24-oʻrta maktabning 8-sinf oʻquvchisi oʻquvchisi Diyoraxon Ismoilovaning ijodi koʻpchilikning diqqatini tortdi.
Diyoraxon Ismoilova nafaqat sanʼat asarlarini taqdim etdi, balki oʻtkazilgan tadbir davomida filial derazasidan koʻrinib turgan manzarani ham qogʻozga tushirishga ulgurdi.
Mazkur koʻrgazmaning asosiy maqsadi amaliy sanʼatning jamiyatimiz hayotidagi oʻrni va taʼsirini kuchaytirish, sanʼat olamiga kirib kelayotgan yosh ijodkorlarni har jihatdan qoʻllab-quvvatlash, ular ijodini rivojlantirishga koʻmaklashish, yosh isteʼdod sohiblarini roʻyobga chiqarish va ular bilan ishlash, ijodini keng targʻib etishga qaratilgan.