“30-iyun Yoshlar kuni” munosabati bilan Agentlik tizimidagi Oʻzbekiston milliy metrologiya instituti, Chirchiq filiali hamda “UzTest” markazi filiali hamkorligida “Yoshlar kelajak bunyodkori” shiori ostida tadbir oʻtkazildi. Mazkur uchrashuvda Respublika Maʼnaviyat va Maʼrifat markazi Chirchiq shahar boʻlimi rahbari Muyassar Toʻrayeva ishtirok etib, barchani mazkur sana bilan tabriklab, Chirchiq shahrida boʻlayotgan yangiliklar va yoshlarga berilayotgan eʼtibor toʻgʻrisida maʼlumot berdi.
Shuningdek, tadbirda Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaasiga Koʻmaklashuvchi “Vatanparvar” tashkilotining oʻq otish sporti boʻyicha yosh sportchi hamda murabbiylari ham ishtirok etib, oʻzlarining yosh boʻlishlariga qaramay erishayotgan yutuqlari va “Vatanparvar” tashkiloti qoshida yoshlar uchun ochilgan bepul sport toʻgaraklari bilan tanishtirdilar.
Chirchiq davlat pedagogika institutining xotin-qizlar kengashi raisi Dilfaroʻz Umirova yoshlarga yaratilgan shart-sharoitlar toʻgʻrisida video rolik yordamida batafsil maʼlumotlarni berdi. Uchrashuvda yoshlar mahorat maktabi musiqachilari, “Yoshlar ittifoqi” kengashi “Quyosh” va “Lola” mahalla yoshlar yetakchilari ishtirok etib, qiziqarli chiqishlari bilan yigʻilganlarga yaxshi kayfiyat ulashdilar.
Maʼrifiy uchrashuv davomida mahalla raisi ham yoshlarga oʻz tabrigini yoʻlladi.
Tadbir soʻngida Chirchiq shahar YPX xodimasi Feruza Asadullayeva yoshlarga oʻz kasbi toʻgʻrisida uning qanchalar mashaqqatli shu bilan birga qiziqarli ekanligi toʻgʻrisida soʻzlab berdi.