Agentlikning Samarqand viloyat hududiy boʻlinmalari masʼullari Davlat rahbari huzurida standartlashtirish sohasida amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligini oshirish yuzasidan yigʻilishda berilgan topshiriqlar ijrosini taʼminlash maqsadida bir qator eksportyor korxonalarda boʻldilar.
Xususan, masʼullar “Aziya metal prof” MChJ va “Samarqand avtomobil zavodi” MChJ QK tomonidan ishlab chiqarilib eksportga yoʻnaltirilgan mahsulot turlari tanishib, ushbu mahsulotlarga Yevropa davlatlariga qoʻyilgan talablar, sifatni boshqarish tizimlarini xalqaro standartlar asosida sertifikatlashtirishning eksportdagi oʻrni va GSP+ tizimi doirasida mahsulotlarni eksport qilishga berilgan imtiyozlar haqida batafsil maʼlumotlar berdilar.
Bundan tashqari “Samarqand avtomobil zavodi” MChJ QKda tashkil etilgan sinov laboratoriyasi faoliyati koʻzdan kechirilib, laboratoriyani xalqaro akkreditatsiyadan oʻtkazish boʻyicha tavsiyalar berilib, hamkorlik yoʻlga qoʻyildi.