Agentlik huzuridagi Departamentning Navoiy viloyati boʻlimi va Oʻzbekiston milliy metrologiya instituti filiali xodimlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Qaror,farmonlarini hamda topshiriqlar ijrosini taʼminlash maqsadida eksportni kengaytirish, iqtisodiyotni rivojlantirib, Yevropa bozorlariga kirish, tadbirkorlarga soha yuzasidan koʻmaklashish uchun, eksportyor korxonalarga xalqaro standartlarni hamda sifat menejmenti tizimini joriy etish maqsadida “ISHONCH GILAM” korxonasiga profilaktik tadbir oʻtkazildi.

Unda gilam mahsulotlari va latiks kley mahsulotlari ishlab chiqarilayotgan va ushbu mahsulotlarni Yevropa bozorlariga chiqarish boʻyicha tushuntirishlar berildi. Korxona tomonidan hozirgi kungacha Qirgʻiziston va Turkmaniston davlatlariga eksport qilgan.

Korxona masʼullariga preferensiyalar bosh tizimi (“GSP+”) boʻyicha batafsil maʼlumot berilib,6200 mahsulot roʻyxati taqdim qilindi.

Korxonada bundan tashqari p\e trubalar ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyilgan boʻlib, mutasaddilar bilan korxonada laboratoriya tashkil etishga kelishib olindi. Laboratoriyaga kerakli uskunalarni olish boʻyicha tegishli tavsiyalar berildi.