Agentlik tomonidan davlat tilida ish yuritilishini taʼminlash, lotin alifbosiga bosqichma-bosqich oʻtilishi, maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish yuzasidan monitoring qilish, oʻrganishlar olib borilmoqda.
Agentlik tizimidagi Davlat nazorati departamentida davlat tili toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini taʼminlash, lotin alifbosiga oʻtish, maʼnaviy va maʼrifiy ishlar oʻrganildi. Departamentda yuritilayotgan barcha ichki hujjatlar, texnik hujjatlar, lavozim yoʻriqnomalari hamda idoraviy kutubxona koʻzdan kechirildi.
Departamentda ish yuritish toʻliq davlat tilida olib boriladi. Lekin boshqa tashkilotlar yoki xususiy sektordan kelayotgan xat va murojaatlar haqida ham alohida fikr almashildi va ularga davlat tilida javob qaytarishga kelishib olindi. Shuningdek, shunday tartibdagi xat va murojaatlar mualliflari bilan davlat tilida rasmiylashtirilishi haqida ham tushuntirish ishlari olib borilishi muhokama qilindi.
Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi Davlat tilida ish yuritish asoslarini oʻqitish va malakasini oshirish markazida lotin alifbosiga oʻtish asoslarini oʻrgangan xodimlar bilan suhbat oʻtkazildi va kelgusida ushbu malaka oshirish kurslarida qatnashuvchi xodimlar boʻyicha nomzodlar tanlab olindi.
Shuningdek, Departamentning hududiy filiallarida ushbu yoʻnalishda amalga oshiriladigan ishlarni jadallashtirish boʻyicha tavsiyalar berildi.