OʻzTTSA va uning tizim-tashkilotlarida xotin-qizlar masalalari boʻyicha boshlangʻich tashkilot faoliyat koʻrsatmoqda. Bundan koʻzlangan asosiy maqsad,tizimda faoliyat yuritayotgan xotin-qizlarni hap tomonlama qoʻllab-quvvatlash, ijtimoiy-iqtisodiy ahvoli va mehnat sharoitlarini yaxshilash, hyqyq va manfaatlarini himoya qilish, milliy va maʼnaviy qadriyatlarimizga asoslangan holda oila munosabatlarini mustahkamlash, sogʻlom turmush tarzini shakllantirish, xotin-qizlarning maʼnaviyatini yuksaltirishga qaratilgan.
Eʼtiborli tomoni shundaki, bugungi kunda Agentlik markaziy apparati, 5ta tizim tashkiloti va viloyatlardagi 36ta hududiy filiallarida 420dan ortiq xotin-qizlar faoliyat yuritsalar, shulardan 1 ta fan doktori, professor, 2 ta fan nomzodi, bir nafar “Shuhrat” medali, 1 nafar “Moʻtabar ayol” koʻkrak nishoni sohibasi, 5 nafari doktorlik dissertatsiyasi ustida ilmiy-tadqiqot ishlarini olib bormoqda. Shuningdek, 10 dan ortiq xotin-qizlar oliy taʼlimning magistratura bosqichida taʼlim oladilar.
Agentlik tizimi jamoasining asosiy hissasi erkaklarga toʻgʻri kelsa ham, tizim xotin-qizlarning 38 nafari boshqarma boshligʻi oʻrinbosari, boʻlim boshligʻi, mudir va sertifikatlashtirish idoralari rahbarlari hisoblanadi. Ular orasida 2021-yilda oʻtkazilgan “Yilning eng faol yosh xodimi” tanlovida viloyatlardan 3 nafar qiz viloyat bosqichi, tizim tashkilotlaridan 1 nafar qiz tizim tashkilotlari oʻrtasida respublika bosqichida sharafli oʻrinlarni egallagan. Oʻzbekiston Standartlar instituti Matbuot kotibi Zilola Xoʻjaniyozova esa taniqli shoira, Yozuvchilar Uyushmasi aʼzosi. Oʻzbekiston milliy metrologiya instituti ilmiy xodimi Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan oʻtkazilgan yosh olimlarni chet elga malaka oshirish uchun yuborish boʻyicha oʻtkazilgan tanlovda gʻolib chiqib, Turkiyada oʻz malaka va mahoratini oshirib borish imkoniyatini qoʻlgan kiritdi.