OʻzTTSA Buxoro hududiy boʻlinmalari hamkorligida tamagirlik va korrupsiyani oldini olish va uni keltirib chiqaradigan omillarga qarshi hamjihatlikda kurashish yuzasidan maʼrifiy uchrashuv tashkil etildi.
Mazkur tadbirda Buxoro viloyat prokurori yordamchisi Shohruh Solihov ishtirok etib, korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish natijadorligi yuzasidan oʻz takliflarini bildirdi.
Prokuror yordamchisi uchrashuvda Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 3-yanvardagi “Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi Qonuni va “Oʻzbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni mazmun-mohiyati boʻyicha toʻliq tushuncha berdi.
Prezidentimizning «Korrupsiyaga qarshi kurashishda aholining barcha qatlamlari, eng yaxshi mutaxassislar jalb qilinmas ekan, jamiyatning barcha aʼzolari, taʼbir joiz boʻlsa «Halollik vaksinasi» bilan emlanmas ekan, oʻz oldimizga qoʻygan yuksak maqsadlarga erisha olmaymiz degan soʻzlari tadbirda alohida taʼkidlandi.
Har bir ongli inson nafsini boshqarishda oʻz idrokiga tayanishi, halol yoʻlni tanlashi, qolaversa, Qonun bilan bekinmachoq oʻynab korrupsiyaviy holatga yoʻl qoʻyayotganini hech kim bilmaydi degan xayolda tamagirlikni kasb qilib olsa, oqibatda QONUN devoriga boshi borib teginishi hayot haqiqati. Qachonki qonunlarni hurmat qilib unining talabini bajarsa ana oʻshanda jinoyatning oldi olinadi.
Seminar savol-javoblarga boy boʻldi.