Avval xabar berilganidek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 10-oktyabrdagi PF-5848-son “Tashqi begʻaraz koʻmak mablagʻlarini jalb etish mexanizmlarini va donorlar bilan ishlashni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi farmoni ijrosi yuzasidan joriy yilning 6-10-iyun kunlari Turkiya hamkorlik va muvofiqlashtirish agentligi (TIKA) hamkorligida malaka oshirish va oʻquv dasturlari tashkil etilmoqda.
Tadbir doirasida oʻquv kurslarini olib boruvchi ekspertlar Edem Bashdemir, Aishe Merve Ozdemir va Ezgi Nasuxbeyoglu Oʻzbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi laboratoriyasi va Oʻzbekiston milliy metrologiya instituti etalonlarni rivojlantirishga qaratilgan laboratoriyalar texnik bazasi bilan yaqindan tanishib, laboratoriya xodimlari oʻrtasida savol-javoblar oʻtkazildi.
Milliy metrologiya institutda milliy etalonlarni saqlash, ulardan foydalanish boʻyicha yaratilgan infratuzilma, ilmiy-sinov va sifat nazorati markazida laboratoriyalardagi shart-sharoitlar xalqaro standartlar va meʼyoriy talablarga mosligi Turk ekspertlari tomonidan eʼtirof etildi.
Tadbir yakunida soha yoʻnalishlarda ikki tomonlama koʻp qirrali va oʻzaro manfaatli hamkorlikni faollashtirishga kelishib olindi.
Xalqaro hamkorlik boshqarmasi