Agentlikning Samarqand viloyat hududiy boʻlinmalari maʼsullari tomonidan “korxonabay” ishlash tizimi samarali tashkil etilib, korxonalarga muvofiqlik baholash yoʻnalishida amaliy yordam koʻrsatib kelinmoqda.
Maʼsullar “korxonabay” ishlash tizimi doirasida “SMART HYGIENE FACILITIES”, “URGUT MIKRO METAL”, va “ATSIA METALS” korxonalarida boʻlib, ishlab chiqarish jarayoni bilan yaqindan tanishib korxonada sifat tizimi xalqaro standdartlar asosida sertifikatlashtirish, mahsulotlarni standart talablari asosida qadoqlash, yorliqlash va oʻlchov vositalari metrologik qiyoslash koʻrigidan oʻtkazish boʻyicha batafsil maʼlumot berdilar.