Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Tashqi begʻaraz koʻmak mablagʻlarini jalb etish mexanizmlarini va donorlar bilan ishlashni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi farmoni ijrosini taʼminlash yuzasidan joriy yilning 6-10-iyun kunlari Turkiya hamkorlik va muvofiqlashtirish agentligi (TIKA) hamkorligida malaka oshirish va oʻquv dasturlari tashkil etilmoqda.
Tadbirning ochilishda ishtirok etgan Turkiya hamkorlik va muvofiqlashtirish agentligi Oʻzbekistondagi vakolatxonasi rahbari Jemalettin TUNEY, Agentlik bosh direktori oʻrinbosari Jasur Shukurov, oʻquv kurslarini olib boruvchi ustozlar Edem Bashdemir, Aishe Merve Ozdemir tashkil etilayotgan oʻquv kurs dasturlari, boshqa koʻnikmalar qatorida, SMIIC xalkaro standartlari, mahsulotlar sifati va xavfsizligi, shuningdek xodimlarning yetakchilik qobiliyatini rivojlantirish, samarali gʻoyalarni ishlab chiqish qobiliyatini rivojlantirish, boshqaruv qarorlarining samaradorligini oshirish, koʻrsatkichlarni malakali boshqarish va xatarlarni tahlil qilishni oʻrgatishiga umid bildirishdi.
Seminar Texnik jihatdan tartibga solish agentligi va uning tizim tashkiloti, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati, Toshkent Davlat texnika universiteti va muvofiqlikni baholashdagi xususiy va konsalting korxonalar ishtirok etmoqda.
Xalqaro hamkorlik boshqarmasi