Maʼlumki suv resurslarining asosiy transport tizimi bu - poliolefin quvurlar hisoblanib, nisbatan arzon tannarxi va uzoq muddatli ekspluatatsiya xususiyatlarini oʻzgartirmasligi bilan ommaboplashgan.
Oʻzbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi ushbu turdagi mahsulotlarni ishlab chiqaruvchi tashkilotlar bilan doimiy ravishda hamkorlikni amalga oshirib keladi. Ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarga muvofiqlik sertifikatlarini rasmiylashtirish, sinovlarini tashkil etish, xodimlar malakasini oshirish, xalqaro standartlarni joriy qilish masalalari ustivor etib belgilangan.
Jizzaxdagi qariyib 50 yillik tarixga ega “Jizzax plastmassa” zavodi bilan “Uztest” markazi viloyat hududiy filiali doimiy hamkorlikda faoliyat yuritib keladi. Unga koʻra, korxona va “Uztest” markazi muvofiqlikni baholash sohasida hamkorlik memorandumini imzoladilar.
Asosiy maqsad ikki tomonlama konsultativ ishlarni tashkil etish, sinov laboratoriyalar va undagi mavjud jihozlardan hamkorlikda foydalanish, ilmiy – izlanish sinovlarini tashkil etish, donorlik grantlarni jalb qilishdan iboratdir. Buning natijasida amaldagi standartlarga muvofiq katta oʻlchamdagi polietilen quvurlarini, xususan 1200 mm diametrgacha boʻlgan quvurlar sinovlarini amalga oshirish yoʻlgan qoʻyildi.