OʻzTTSA huzuridagi Davlat nazorati departamenti tashabbusi bilan jamiyatda xotin-qizlarning oʻrni masalasiga bagʻishlangan ijodiy uchrashuv tashkil etildi.
Mazkur davra suhbatida malakali psixolog Zebo Solijonova va jurnalist Raʼno Alimova hamda aktrisa Zuxra Soliyevalar soʻzga chiqib, ayol xodimlar ishda va oilada faol va malakali boʻlishlari, ularni zamon bilan hamnafas yashashlari, farzand tarbiyasiga eʼtibor, jamiyatga yangicha nigoh bilan qarashlari uchun oʻz ustlarida tizimli ishlab borishlari taʼkidlandi.