Hududdagi ishlab chiqaruvchi korxonalar, xususiy tadbirkorlar va kichik biznes subyektlari duch kelayotgan sohaga oid muammolarni oʻrganish va ularni hal etish choralarini koʻrish maqsadidaa Olmaliq shahrida tadbirkorlar bilan uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuvda texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, sertifikatlashtirish va metrologiya sohalaridagi tarkibiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish, sohani xalqaro andozalarga moslashtirish, standartlardan keng foydalanish muhitini yaratish, va tadbirkorlik subyektlariga yaratilgan qoʻshimcha qulayliklar toʻgʻrisida maʼlumot berildi.

Ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlik subyektlariga mahsulotlarni sertifikatlashtirish va metrologik xizmatlarni koʻrsatishda ortiqcha byurokratik toʻsiqlarni oldini olish, koʻrsatilayotgan xizmatlarning har bir bosqichida ijrochi va ariza beruvchining huquq va majburiyatlarini belgilash maqsadidada sohada xizmatlar koʻrsatish boʻyicha davlat tilida yaratilgan singlewindow.uz, ye-akkreditatsiya, e-standart va e-metrologiya.uz axborot tizzimlariga elektron ariza berish orqali xizmat koʻrsatish tizimi joriy qilinganligi, mazkur tizimlarning ariza beruvchilar uchun qulayligi boʻyicha soʻz bordi. Shuningdek, ushbu axborot tizimlarida lotin alifbosida ishlash jarayonida murakkabliklar vujudga kelsa Agentlik tizim tashkilotlari, hududiy filiallari tomonidan amaliy yordam berilishi, korxonalarda mahsulotlarni davlat tilida qadoqlash, tamgʻalash, sertifikatlashtirish, metrologiya xizmatini koʻrsatish boʻyicha tushuntirish ishlarini olib borish muhimiligi aytib oʻtildi.

Shundan soʻng yigʻilish davomida bir nechta tadbirkorlik subyektlari vakillari tomonidan koʻtarilgan masalalar joyida koʻrib chiqildi, murojaatlar boʻyicha tushuntirishlar berildi.