Agentlik tizimidagi Oʻzbekiston milliy metrologiya instituti, Chirchiq filialida institut yuridik byuro boshligʻi S.Hasanova va kadrlar boʻlimi boshligʻi N.Yaqubova hamda Chirchiq filiali boʻyicha masʼuli F.Tulaganov ishtirokida “Korrupsiyaga qarshi kurash-jamiyat va davlat xavfsizligining garovidir” mavzusida maʼrifiy uchrashuv tashkil etildi.
Unda “Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisidagi qonun”lar bilan xodimlar birma- bir tanishtirilib, korrupsiyaga qarshi kurash milliy va xorijiy tajribalardan misollar keltirildi.
Shuningdek, BMTning korrupsiyaga qarshi kurash borasidagi hujjatlari va amaliy natijalari yuzasidan ham maʼlumot berildi.
Halollik tushunchalari, inson oʻz hayoti va mehnat faoliyatida maʼlum bir qonunchilik meʼyorlariga amal qilishi zarurligi taʼkidlab oʻtildi. Bundan tashqari uchrashuvda soʻnggi yillarda yurtimizda taraqqiyotning kushandasi hisoblangan mazkur illatga nisbatan koʻrilayotgan keskin choralar hamda bu yoʻnalishdagi natijalar haqida ham koʻplab misollar keltirildi.
Yigʻilish soʻnggida qatnashchilarga “korrupsiya” mavzusida videoroliklar namoyish etildi.