OʻzTTSA tizim tashkilotlari Andijon viloyati hududiy filiallarida maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi, mavjud muammolarni aniqlash, ularni muhokama qilish va bartaraf etish yuzasidan monitoring ishlarini olib borildi.
Oʻtgan yili monitoring natijasida binolardagi peshlavhalar, targʻibot materiallari, laboratoriyalarda joylashtirilgan barcha turdagi yozuvlar hamda axborot burchaklaridagi maʼlumotlarda yoʻl qoʻyilgan kamchiliklar aniqlangan edi. Ularni bartaraf etilganligi, barcha yozuvlar lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosida amalga oshirilgan. Lotin alifbosiga asoslangan davlat tilida ish yuritish boʻyicha malaka oshirgan xodimlar bilan fikr almashildi.
Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar yil boshida tasdiqlangan “Yoʻl xaritasi” asosida tashkil qilinyapti, turli mavzularda maʼrifat soatlari oʻtkazilayotganligi xodimlarning maʼnaviy dunyoqarashini oʻsishida yordam berayotgani taʼkidlandi.
Monitoring davomida har bir hududiy filial tomonidan mazkur yoʻnalishda amalga oshirilayotgan ishlar, ularning natijalari haqida batafsil maʼlumot berildi.