Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi mutaxassislari ishtirok etgan ushbu oʻquv-seminarda, intellektual mulk sohasida qonunchilik va unga kiritilgan oʻzgartirishlarning mazmun-mohiyati borasida ishtirokchilarga batafsil tushuntirish berildi.
Shuningdek, qizgʻin bahs va munozaraga boy boʻlgan tadbir davomida masʼullar qatnashchilarning savollariga atroflicha javob berdilar.