OʻzTTSA tashabbusi bilan respublikamizda faoliyat yuritayotgan ijod maktablari bilan hamkorlikda maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar oʻtkazib kelinmoqda. Xuddi shunday tardbir Andijon shahridagi Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabida oʻtkazildi. Tadbirda ijod maktabi oʻquvchilari shoir ijodidan namunalar aytib berishdi. Iqtidorli oʻquvchilar oʻzlarining qiziqishlari boʻyicha ijodiy chiqishlar namoyish etdilar. Bunday uchrashuvlar Agentlik tizimi xodimlarida katta taassurot qoldiradi va oʻzbek tilining rivojiga katta hissa qoʻshgan shoir va adiblarimiz hayoti va jodi bilan yaqindan tanishadilar, asarlarining mazmun mohiyatini oʻrganadi, oʻzlariga motivatsiya oladilar.
Taʼkidlash lozim, ijod maktabining umumtaʼlim maktabidan farqi shuki, ularda ona tili, adabiyot, chet tillari va ixtisoslik fanlari chuqur oʻrgatiladi, sinflarda oʻquvchilar soni 20 nafarni tashkil etadi. Individual ishlash uchun sharoit yaratilgan, mashhur adiblar, yozuvchilar, shoirlar tomonidan muntazam ravishda master klasslar tashkil etiladi. Ijod maktablari oʻquvchilari boʻlajak tarjimon, jurnalist, lingvist olim, shoir, yozuvchi, diplomat boʻlishi bilan birga, vatanparvarlikni targʻib qiluvchi yetuk mutaxassislar boʻlib yetishadilar.