OʻzTTSA tizim - tashkilotlari Olmaliq hududiy filiallari hamkorligida “Qadriyatlar millat maʼnaviyatining koʻzgusi” mavzusida maʼnaviy-maʼrifiy suhbat oʻtkazildi. Unda ijtimoiy hayotda ayollarning oʻrni ortib borgan sari ularning jamiyatdagi mavqeyi, taʼlim olishi, ilm bilan shugʻullanishi, tadbirkorlik sohasida oʻz oʻrniga ega boʻlib borayotgani taʼkidlandi.
Shuningdek, tizim-tashkilotlarida mehnat qilayotgan xotin-qizlarga eʼtibor qaratish, ularni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, ularni ilmiy izlanishlar olib borishlariga koʻmaklashish muhimligi aytib oʻtildi.
Davlat xizmatchisining kiyinish madaniyati ham oʻziga xos boʻlishi, oilaviy munosabatlardagi ayolning, shu jumladan davlat tashkilotlarida faoliyat yuritadigan xotin-qizlarning oʻrni tobora mustahkamlanib borayotgani aytib oʻtildi.
Agentlikning 2030-yilga qadar Oʻzbekiston Respublikasida gender tenglikka erishish strategiyasini 2021-2022-yillarda amalga oshirish boʻyicha kompleks chora-tadbirida belgilangan vazifalar haqida ham tushunchalar berildi va filiallardagi xotin-qizlar uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishildi.
Davra suhbati soʻnggida “Davlat tilida ish yuritish” va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning kitobi idoraviy kutubxonalar uchun sovgʻa qilindi.