Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligiga tarmoqlarda texnik jihatdan tartibga solish talablariga rioya etilishi yuzasidan davlat nazoratini yuritish vazifasi yuklatilgan.
Mazkur vazifalar ijrosini taʼminlash maqsadida Agentlik huzuridagi Departament tomonidan 2022-yilning oʻtgan davrida qurilish materiallari ishlab chiqaruvchi korxonalarda oʻrganishlar oʻtkazildi.
Oʻrganishlarda korxona vakillariga texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish sohalarida qonun buzilishi holatlarini aniqlash hamda zaruriy koʻmak berish yuzasidan Respublikamizdagi 608 ta korxonalarning faoliyati oʻrganildi.
Oʻrganishlarda 107 ta ishlab chiqarish korxonalarida 117 ta holatda kamchiliklar aniqlandi, jumladan; 59 ta holatda standartlar joriy etilmaganligi, 54 ta holatda korxonalarda oʻlchash vositalari metrologik qiyoslash koʻrigidan oʻtkazilmaganligi, 4 ta korxonada mahsulotlar sertifikatlanmagan holda isteʼmolchilarga yetkazish holatlari aniqlandi.
Shu bilan birga, 215 ta tadbirkorlik subyektlariga 595 ta holatda sohaga oid masalalarda amaliy yordam koʻrsatildi.
Jumladan, 119 ta korxona 197 ta standart va texnik reglamentlar bilan taʼminlandi.
53 ta korxonada 355 ta oʻlchov vositalar metrologik qiyoslash koʻrigidan oʻtkazildi.
43 ta korxonada sertifikatlashtirish ishlari olib borildi.