Muzeylar —oʻtmishdan kelgan tarixiy madaniyat, maʼrifat, tabiat yodgorliklarini oʻzida mujassam etgan maskan hisoblanadi. Shu bilan birga, xalqning maʼnaviy dunyosini boyitish, yosh avlodni Vatanga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalashda ham muzeylarning oʻrni beqiyos.
“18-may Xalqaro muzeylar kuni” munosabati bilan Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi Markaziy apparati masʼul xodimlari va tizim tashkilotlarining Olmaliq shahar hududiy filiallari xodimlari “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” tarixi muzeyiga sayohat uyushtirdilar.
Taʼkidlash joizki, tashkil qilinayotgan bu kabi tadbirlar xodimlarga maʼnaviy ozuqa berish hamda ularda kasbga sadoqat va vatanga muhabbat, ajdodlarga, tariximizga boʻlgan faxr tuygʻularini oshirishdan iboratdir. Huddi shunday, ushbu kombinat tarixini toʻliq aks ettiruvchi muzeyga qilingan ekskursiya davomida xodimlar respublikamizning yetakchi ishlab chiqarish kompaniyasi tarixi bilan birga har bir davrda kombinat faoliyatida faoydalanilgan sohaga oid ashyolar, xodimlar, qahramonlar bilan ham tanishib, keng maʼlumotga ega boʻldilar.