Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi tizimida korrupsiyaga qarshi kurashish va komplayens nazorati boʻlimi tomonidan korrupsiyani oldini olish, odob axloq qoidalariga rioya etilishiga qaratilgan onlayn seminari oʻtkazildi.
Huquqiy targʻibotga qaratilgan mazkur davra suxbatida Agentlik huzuridagi Texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, sertifikatlashtirish va metrologiya sohasida davlat nazorati departamenti xodimlari ishtirok etib, xizmat vazifasini bajarish vaqtida korrupsiyaning oldini olishga doir chora-tadbirlarni amalga oshirish, xodimlarni ishga olinish jarayonlarida korrupsiyani oldini olish, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni oʻz vaqtida aniqlash, ularga chek qoʻyish, shuningdek, ularning oqibatlarini bartaraf etish kabi masalalarga toʻxtaldilar.