Ayni kunlarda (28-apreldan eʼtiboran) Akkreditatsiya boʻyicha Osiyo-Tinch okeani hamkorligi (APAC) texnik qoʻmitalari va APAC (APAC EC) boshqaruv qoʻmitasi raislarini tayinlash uchun ovoz berish jarayonlari oʻtkazilmoqda.
OʻzTTSA qoshidagi “Oʻzbekiston akkreditatsiya markazi” DUK ham APAC tashkilotining muhbir aʼzosi ekanligi maʼqomidan kelib chiqib, mazkur mintaqaviy uyushma faoliyatida muntazam ravishda oʻz fikr-mulohazalari, takliflari bilan ishtirok etib keladi.
Bir oy mobaynida oʻtkazilishi rejalashtirilgan ovoz berish jarayonlari oʻrnatilgan tartibga koʻra yopiq holatda tashkil etildi. Markazning masʼul xodimlari taklif etilgan nomzodlar ichidan muvofiqlikni baholash faoliyati rivojiga alohida hissa qoʻshgan munosib soha vakillarini tanlab, oʻzining erkin ovozini berdi.
28-may kuni nihoyasiga yetadigan ovoz berish jarayonlari natijalari APAC Bosh Assambleyasining iyun oyida boʻlib oʻtadigan navbatdagi yigʻilishida ochiqlanishi kutilmoqda.