Chorvachilikni rivojlantirish va goʻsht, sut va boshqa chorvachilik mahsulotlarining sifatini va xavfsizligini taʼminlashda xalkaro standartlarni joriy etish masalalariga alohida eʼtibor qaratish birinchi navbatdagi ustuvor vazifalar sirasiga kiradi.

Mazkur masala yuzasidan Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi tomonidan korxonabay ishlash tizimi orqali halqaro standartlar joriy etilib FSSC 22000, SMIIC va xalqaro ISO sertifikatlarini olishda amaliy yordam koʻrsatilmoqda. Joriy yilning 15-may kuni Jizax viloyatining “Jizzax Organic” korxonasida mutaxassislar bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Uchrashuvda mahalliy korxonalar faoliyatida xalkaro standartlarni joriy etish va sertifikatlashtirish ishlari davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlanayotganligi, Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 31-dekabrdagi 826-son qarori va moliyaviy yordam koʻrsatish tartibi va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining PF-6240 sonli farmoni va PQ 5133 sonli qarori mazmun mohiyati yuzasidan maʼlumotlar berildi.


Xalqaro hamkorlik boshqarmasi