Mamlakatimizda bugungi kunda tadbirkorlik subyektlari va ishlab chiqarish korxonalari jadallik bilan rivojlanib, ilmiy-innovatsion yutuqlardan foydalangan holda yangi quvvatlar ishga tushirilmoqda. Oʻz navbatida ularga keng imkoniyatlar ham yaratilgan.
Qoʻqon shahridagi “INDORAMA KOKAND TEXTILE” korxonasi toʻqimachilik mahsulotlarini tayyorlash hamda eksportga yoʻnaltirishda yetakchi ishlab chiqaruvchilardan hisoblanadi. Mazkur korxonaga standartlashtirish sohasida Texnik jihatdan tartibga solish agentligi tizim tashkilotlari tomonidan koʻrsatilayotgan amaliy yordamlar natijasida xalqaro standartlar joriy etilgan va sertifikatlashtirilgan.
Ommaviy axborot vositalari vakillari “Tashqi bozor va xalqaro talabalarga javob beradigan standartlar asosidagi mahsulotlar sifati OAV nigohida” mavzusida tashkil etilgan press-tur davomida ushbu korxonaga tashrif buyurdi. Jarayonda jurnalistlar korxona faoliyati, mahsulotlar sifati hamda hududiy filiallari tomonidan koʻrsatilayotgan soha xizmatlari bilan yaqindan tanishish imkoniyatiga ega boʻldilar.