OʻzTTSA da Buxoro Davlat Universiteti olimasi, filologiya boʻyicha falsafa doktori Guli Toirova va Oʻzbekiston Jahon tillari universiteti kafedra mudiri Dilrabo Bahronovalar bilan hamkorlikda standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashirish atamalarining elektron izohli lugʻati va xalqaro standartlarni davlat tiliga tarjima qilish integratsion platformasini yaratish boʻyicha ishlash taklifi bildirildi.
Mazkur platformada standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashirish atamalari sohasi boʻyicha lingvistik, terminologik elektron izohli lugʻati yaratiladi, xalqaro standartlarini davlat tiliga tarjima qilish dasturi ishlab chiqiladi, tizim tashkilotlar laboratoriyalari tomonidan qoʻllanilayotgan barcha turdagi vositalari toʻgʻrisida davlat tilida yagona elektron maʼlumotlar bazasi yaratiladi, standartlashtirish sohasidagi normativ hujjatlarni xalqaro standartlar bilan yangilangan onlayn dasturi ishlab chiqiladi, davlat tilida sohaviy ish yuritish hujjatlarining yagona elektron namunalarini ishlab chiqiladi.
Shuningdek, Oʻzbekiston standartlar institutida malaka oshirish markazi tinglovchilari uchun maxsus multimediali oʻquv-uslubiy majmuasi tayyorlanadi. Universitetning filologiya va texnika yoʻnalishi talabalariga hamkorlikda soha boʻyicha kurs ishlari, bitiruv malakaviy ishlari va magistrlik dissertatsiyalari tayyorlash boʻyicha ham taklif bildirildi.