Inson hamisha xotira va eʼzoz qurshovida yashaydi. Ajdodlarimiz maʼnaviyati, maʼrifiy oʻgitlari tinch va osoyishta hayotni qadriga yetishga undaydi.
Ayniqsa yurtimizda keng nishonlanib kelinayotgan xotira va qadrlash kuni tarixiy xotiralar yana bir bor yodga olinib, undan toʻgʻri xulosalar chiqarishga imkoniyat yaratiladi.Buxoroda 9-may “Xotira va qadrlash kuni” bayramiga bagʻishlab oʻtkazilgan tadbirda 1941-1945-yillar urush va mehnat frontida tinchlik uchun kurashib halok boʻlgan jasur va matonatli oʻgʻlonlar xotirasi yod etildi.
Oʻzbekiston milliy metrologiya instituti Buxoro filiali xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tadbirda tinch-osoyishta hayotimiz uchun jasorat koʻrsatib jon fido qilgan vatandoshlarimiz xotirasi yod etildi. Filial xodimlari Buxoro shahridagi “Motamsaro Ona” haykali poyiga guldasta qoʻydilar.
Shuningdek, maʼrifiy uchrashuv davomida filialda halol mehnat qilib kelayotgan yoshi ulugʻ ustozlarga ham ehtirom koʻrsatildi.