9-may “Xotira va qadrlash kuni” yurtimizda umumxalq bayrami sifatida nishonlanadi. Insonga har kuni tinchlik-osoyishtalik va xotirjamlik kerak. Tinchligini yoʻqotgan xonadon ham, mamlakat ham aslo xotirjam boʻla olmaydi. Tinchlik-xotirjamlik – taraqqiyot garovidir. Bukilmas iroda va jasorat namunasini amalda namoyon etib, oʻz hayotini aziz Vatanimizning har tomonlama ravnaq topishi, bugungi tinch va osoyishta kunlar uchun jonini fido qilgan ajdodlarning muqaddas xotirasini yod etib, bugun Oʻzbekiston milliy metrologiya instituti, Chirchiq filiali xodimlari Chirchiq shahridagi xotira maydonida boʻlib, ulugʻ vatan urush qatnashchilarini xotirladilar.
Bu kunda yoshi ulugʻlar xotirlanadi. Shu munosabat bilan ezgu ishlarini davom ettirish, safimizda yurgan keksalarni eʼzozlash – odamiylikning eng oliy mezoni. Xalqimizga xos azaliy qadriyatlarni davom ettirgan xolda filial xodimlari mahallalardagi kam taʼminlangan oilalar va mehnat faxriylari holidan xabar olindi.