Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish boʻyicha Davlatlararo kengashi ning masʼul kotibi ChERNYAK Vladimir Nikolayevich bilan onlayn uchrashuv boʻlib oʻtdi.
Tadbirda standartlarning yalpi ichki mahsulot oʻsishiga va tashqi savdo aylanmasiga ijobiy taʼsiri, sifat sohasidagi yutuqlari uchun MDH mukofoti tanlovi va Kengashning 61-yigʻilishini oʻtkazish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.
Ctandartlar bazasini saqlash va rivojlantirish, standart sohasida yosh ekspertlarni tayyorlash va kadrlar zahirasini shakllantirish uchun qulay sharoitlar yaratish, ilmiy-amaliy anjumanlarni oʻtkazish, oʻzaro munosobatlarni tartibga soluvchi xuquqiy bazani xalqaro talablar asosida takomillashtirish kabi mavzularda fikr almashildi.
Tadbir yakuniga koʻra, soha yoʻnalishlarda ikkitomonlama koʻp qirrali va oʻzaro manfaatli hamkorlikni faollashtirishga kelishildi.
Xalqaro hamkorlik boshqarmasi