Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi huzuridagi tashkilotlarning Samarqand viloyat filiallari tashabbusi bilan Innovatsiya vazirligining viloyat boshqarmasi hamkorligida Samarqand shahridagi Yoshlar texnoparkida xalqaro standartlarni oʻrgatish boʻyicha markazlashtirilgan oʻquv kursi tashkil etildi.
Oʻquv kursida “LONGLI CONSTRUCTION INSTALLATION” xorijiy korxonasining xitoylik xalqaro eksperti va Samarqand Davlat Arxitektura va qurulish institutining turkiyalik professor oʻqituvchilari ishtirok etib, qurilish sohasida xalqaro standartlarni oʻrni, Turkiya va Xitoy davlatlarining qurulish sanoatida yutuqlari haqida batafsil maʼlumotlar berib oʻtdi.