Agentlik tizimidagi Oʻzbekiston milliy metrologiya instituti, Chirchiq filiali va “UzTest” markazi hududiy filiali hamkorligida toʻqimachilik va yengil sanoat, qishloq xoʻjaligi korxonalari masʼullari va tadbirkorlar taklif etilib, ularga xalqaro standartlarni joriy etilishi, afzalliklari, mahsulot eksport qilinishida standart va meʼyorlarning zarurligi haqida tushuncha berildi.
Uchrashuvda yengil sanoat mahsulotlari xususan, trikotaj mahsulotlarini sertifikatlashtirish, eksport jarayonida xorij davlatlari talablari hamda xalqaro standartlarni joriy qilish va sertifikatlashtirishda, eksportga koʻmaklashish agentligi tomonidan xarajatlarni qoplab berilayotgani alohida taʼkidlandi.
Seminar ishida Turk eksperti Mesud Demir OYEKO-TEX standartining imtiyozlari va avzalliklari toʻgʻrisida maʼlumot berdi.
Bundan tashqari ISO 9001, ISO 14001, ISO22000 standartlarini joriy etish boʻyicha tayyorlangan video rolik yordamida qatnashchilarga mazkur stantartlarning mazmun mohiyati yoritib berildi.
Shuningdek, “COMPACT TEXTILES YARN”, “AHMAD-TEKS”, “PRIMA TEXTILE” kabi yirik korxona texnologlari ishlab chiqarish jarayonlari, mahsulot sifati nazoratida asosiy eʼtibor qaratilishi lozim boʻlgan jihatlari boʻyicha tajribalari bilan oʻrtoqlashdilar.