Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi tizim tashkilotlari Qoraqalpogʻiston filiallari tashabbusi bilan Qoraqalpogʻiston Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Qoraqalpogʻiston Innovatsion rivojlanish hududiy boshqarmasi hamda Qoraqalpogʻiston Savdo-sanoat palatasi bilan hamkorlikda xalqaro ekspertlarni jalb qilgan holda hududdagi tadbirkorlik subyektlari va mahalliy eksportyor korxonalar vakillariga xalqaro standartlarni oʻrgatish boʻyicha markazlashtirilgan oʻquv kursi tashkil etildi.
Mazkur oʻquv kursiga Pokiston davlatidan yengil sanoat mahsulotlari boʻyicha “SHOMANAY ECO TEKS” MCHJ ekspert-texnologi Muhammad Imron Xon hamda sanoat sohasi boʻyicha “NUKUS MED TEX” MCHJ QK korxonasining logistika boʻyicha menejeri Timur Xudaybergenovlar oʻz maʼruzalari bilan ishtirok etdi.
Oʻquv kursi yakunida ishtirokchi korxona vakillari oʻzlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javoblar oldilar.