Agentlikning Samarqand viloyati hududiy tizim-tashkilotlari boʻlinmalari tomonidan xalqaro ekspertlarni jalb qilgan holda Urgut tumanida xalqaro standartlarni oʻrgatish boʻyicha oʻquv kursi tashkil etildi.

Oʻquv kursida “Kamalak Tekstil Invest” korxonasida faoliyat yuritayotgan Turkiyalik ekspert Ejder Aktash ishtirok etib, oʻz maʼruzasida korxonalarda xalqaro standartlarni joriy qilish, uni mahsulot eksportidagi oʻrni, Turkiya davlatida tekstil sanoatini rivojlanish tarixi va boshqa masalalar yuzasidan batafsil tushunchalar berdi.